Matnga o'tish
Bosh sahifa
Bosh sahifaEFI to'g'risidaLoyihalarKitobni o'qingKutubxonaHamkorlar

O'zbekiston: yozgi tanlov shuni ko'rsatadiki, iqtisodiyot qiziqarli bo'lishi mumkin!

Eleanor Hemmond
01/01/70

Yoz oylarida Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universitetida yozni maroqli o’tkazishni targ’ib qilib kattalar, bolalar va xonadonlar uchun tanlov o’tkazdi. Qatnashchilar “Mantiqiy Iqtisodiyot” kitobini mutolaa qilib u haqida video, fotosurat yoki rasm chizib tanlovga taqdim etishlari lozim edi.

Natijalar? Ijodkorlik, energiya va g'ayrat bo'roni!

Talaba Parizoda Abdufattoeva uchun tanlov hayotni o'zgartiruvchi tajriba bo'ldi. “Kitobni o’qib boshlaganimdan so’ng – fikrlashim, dunyo-qarashim, atrofdagi hodisalarga munosabatim, hattoki kelajak maqsadimlarim ham o'zgardi desam mubolag’a bo’lmaydi! Avval kitobni ingliz tilida, so’ngra rus va uzbek tillarida o’qib ko’rdim. Aksariyat tarjima qilinganida o'z ma'nosini yo'qotadi. Ammo tarjimonlarning sharofati tufayli “Mantiqiy Iqtisodiyot” bundan mustasno. Men ushbu kitobni o'zim uchun, shaxs sifatida rivojlanishim uchun o'qidim. Kitobdan olgan bilimim bakalvr bosqichidagi moliyani o’rganish uchun menga yordam beradi! Kitob nafaqat iqtisodiy ko'nikmalarni rivojlantirish, balki kundalik iqtisodiyotga bo’lgan shaxsiy munosabatni rivojlantiradi”.

Yaqinda g'oliblar TXVU da mukofotlash marosimida pul mukofotlari va sertifikatlari bilan taqdirlandilar va EFI O'zbekiston jamoasi tomonidan samimiy kutib olindilar.