Hamkorlar
EFI hamkorlari iqtisodiyotga qiziqish va zavqni uyg'otish uchun mo'ljallangan keng qamrovli tadbirlar dasturi orqali o'z mamlakatlarida iqtisodiy savodxonlikni targ'ib qilishmoqda.

EFI Albaniyadagi
Tirana Yevropa universitetining bir qismi bo'lgan UET markazi siyosiy-amaliy tadqiqotlar, salohiyatni oshirish va qo'shma dasturlar orqali Albaniya jamiyatining taraqqiyoti va demokratlashuviga ko'maklaydi.
Aloqa uchun murojaat:Kebjana Haka

EFI Armanistonda
Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot markazi iqtisodiyoti uslublari yordamida o'z mijozlarining murakkab muammolariga iqtisodiy jihatdan samarali yechim topadi.
Aloqa uchun murojaat:Aram Gazaryan

EFI Ozarbayjonda
Iqtisodiy va ijtomoiy taraqqiyot markazi davlat siyosatiga ijobiy ta'sir etish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqot va tahlillarni targ'ib etadi.
Aloqa uchun murojaat:Nigar Islamli

EFI Gruziyada
Gruziya iqtisodiy savodxonlik tashabbusi (GEL-i) Gruziya aholisining barcha qatlamlari o'rtasida iqtisodiy savodxonlikni oshirishga intiladi.
Aloqa uchun murojaat:Levan Pavlenishvili

EFI Qozog'istondagi
«Bilim Barine» jamoat fondi adolatli va inklyuziv ta’lim orqali Qozog'iston xalqining imkoniyatlarini kengaytirish va ularni safarbar qilish maqsadida faoliyat ko'rsatadi.
Aloqa uchun murojaat:Madina Karabayeva

EFI Qirg'izistonda
Davlat siyosati va boshqaruvi instituti (DSBI) Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy va ijtimoiy siyosatiga qaratilgan mintaqaviy tahliliy markazdir.
Aloqa uchun murojaat:Kemel Toxtomushev

EFI Ukrainada
Benukidze erkin bozor ilmiy markazining vazifasi erkin bozor g'oyalarini ommaviylashtirish va Ukrainaning iqtisodiy salohiyatini kengaytirishdan iborat.
Aloqa uchun murojaat:Nataliya Melnik

EFI O'zbekistonda
Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti Markaziy Osiyo rivojiga hissa qo'shadigan xalqaro ta'lim va tadqiqot standartlarini taklif etadi.
Aloqa uchun murojaat:Nargiza Alimuxamedova

EFI Kosovoda
Riinvest instituti ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohsiada Kosovining yetakchi mustaqil ilmiy markazidir.
Aloqa uchun murojaat:Visar Vokrri

EFI Shimoliy Makedoniyada
Liberal alternativalar instituti Shimoliy Makedoniyaning mahalliy va mintaqaviy hamjamiyatlarida liberal fikrni targ'ib qiluvchi loyiha va dasturlarning yetakchisidir.
Aloqa uchun murojaat:Orhan Seka