Matnga o'tish
Bosh sahifa
Bosh sahifaEFI to'g'risidaLoyihalarKitobni o'qingKutubxonaHamkorlar

Richard Stroup xotirasiga bag’ishlangan

Eleanor Hemmond
01/01/70

O'tgan yilning oxirida erkin bozor iqtisodiyoti targ’ibotchilaridan biri va «Mantiqiy Iqtisodiyot: boylik va farovonlikning dolzarb masalalari» kitobining hammuallifi Richard Stroup olamdan o’tdi. Erkin bozor ekologiyasi yondashuvning dastlabki chempioni bo’lmish Richard Mulk Atrof-Muhit Ilmiy-Tadqiqot Markazining asoschilaridan biri bo’lgan. U, shuningdek, Shimoliy Karolina Shtati va Montana Shtati universitetlarining iqtisodiyot fanlari faxriy professori, Mustaqil institutning ilmiy xodimi, Kato institutining yordamchi tadqiqotchisi va Mont Pelerin jamiyati a'zosi edi.

Biz Richardga va barcha «Mantiqiy Iqtisodiyot» kitobining mualliflik jamoasiga kitobni Sharqiy Yevropa va sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari kitobxonlariga yetkazish imkonini bergan saxiyliklari uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Jamoaning doimiy ko’magi bizga ilhom bag’ishlaydi.