Matnga o'tish
Bosh sahifa
Bosh sahifaEFI to'g'risidaLoyihalarKitobni o'qingKutubxonaHamkorlar

Obi-Van Kenobi, jamiyat tanlovi iqtisodchisi

Bayron B. Karson, III
01/01/70

«Yulduzli urushlar» kinosi jamiyat tanlovi[1] nazariyasini yaxshiroq tushunish uchun intergalaktik ko’prik bo’la oladi deb o’ylaysizmi? Tez orada o’zining seriallari[2] chiqadigan Obi-Van Kenobi nafaqat koinotning eng buyuk Yoda magistrlaridan biri va mohir retorik[3] bo’ladi, balki u siyosiy iqtisodning muhim ustozi hamdir.

Obi-Vanning ogohlantirishi

Klonlar hujumi[4] epizodida Enakin Skayyoker va Obi-Van senator Padme Amidalani suiqasd tahdididan himoya qilishni muhokama qilganda, ular xavfsizlik rejalari, Enakinning onasi uchun qayg’usi va Enakinning Amidalaga bo'lgan mehri oshib ketayotganligi to’g’risida so’zlashadi. Enakinga Amidala haqida maslahat berar ekan, Obi Van Amidala siyosatchi ekanligini eslatadi. Obi-Van shunday dedi: «... yodingda tursinki, u siyosatchi va siyosatchilarga ishonib bo’lmaydi».

Enn Lankashir[5] «Klonlar hujumi» epizodini (2002), Kass Sansteyn[6] esa butun dostonni ochiq-oydin siyosiy deb ta’riflashadi, ammo Obi-Vanning yuqoridagi sharhi jamiyat tanlovi iqtisodi sohasiga siljiydi. Obi-Vanning sharhlari nigilistik emas va ular siyosatchilar kerak emas degan ma’noni bildirmaydi. U gaplari bilan siyosatchilarning «Yulduzli urushlar» ning tegishli hukumat tizimida, ya’ni Galaktik Senatda[7] o’ynagan pozitsiyasiga ishora qilmoqchi.

Enakinning xayoliy tasviri

Enakinnning Obi-Van ogohlantirishiga bo’lgan reaktsiyasi uning siyosatchilarga nisbatan ishqibozligini, shuningdek, Amidalaga bo’lgan his-tuyg’ularini aks etadi. Enakinning ta’kidlashicha, «U Senatdagi boshqalarga o’xshamaydi...». Bu javob siyosatchilar, saylangan amaldorlar va hukumatning benuqsonligiga ishonadigan yoki hech bo'lmaganda ularga tayanadigan ko’pchilikdagi tanish takabburlik - xayoliy tasvirdir.

Obi-Van Enakinning javobini mohirlik bilan rad etib yanada ogohlantiradi: «Tajribamga ko’ra, senatorlar faqat o’z kampaniyalarini moliyalashtiradiganlarni xursand qilishga e'tiborini qaratishadi». Obi-Van Enakinni ma’lum bir shaxslar yoki ularning motivlariga emas, balki rag’batlarga e’tibor berishga undaydi. Aksida, Enakin xató qilgan bo’ladi. Obi-Van siyosiatchilar motivlari yovuz yoki ziyonli deb tasvilamaydi, chunki bu holda u jamiyat tanlovining asosiy mantig’ini xato tushungan bo’ladi. Biroq motivdan qat’i nazar, – u farishta, firibgar, yoda yoki sitx bo’ladimi yoki yo’q- xatti-harakatlarga birinchi o’rinda rag’batlar ta’sir etadi. Gap kim to’g’risida ekanligi muhim emas, ya’ni u Amidala, magistr Yoda, Shmi Skayyoker, Jar Jar Binks, Dart Vayder yoki Imperator Palpatin bo’lmasin, rag'batlar ishtirokchilar xatti-harakatlariga ham bozorda, hamda siyosiy muhitda ta’sir qiladi. Bu jamiyat tanlovi iqtisodining yoki romantikasiz siyosatning mohiyatidir.

Obi-Van davom etadi: «Ular kampaniyalarini moliyalashtirishga erishish uchun demokratiyaning nozik tomonlarini unutishdan qo’rqmaydilar». Senatorlar demokratiyani juda qadrlashlari mumkin, lekin ularning rag’batlari bu qadriyatlarga e’tibor bermaslikka va, ehtimol, ularni buzishga olib keladi. O’smirlarga xos sabrsizlik bilan Enakin Obi-Vanning argumentini butunlay rad etib, «Yana bitta ma’ruza kerak emas, ayniqsa siyosat iqtisodiyoti bo’yicha ma’ruza kerak emas» deydi.

Keyinchalik shu epizodda Enakin shunday dedi: «... sen umumlashtirib ham gapiryapsan, bundan tashqari, kansler poraxo’rga o’xshamaydi ». Obi-Van o’zining jamiyat tanlovi mantig’ini himoya qilib, shunday javob beradi: «Palpatin ­­– siyosatchi, u senatorlarning ishtiyoqlari va xurofotlarini tushunishida juda aqlli ekanligini kuzatdim». Ya’ni Palpatin boshqalardan respublika manfaati uchun emas, o’z maqsadlari uchun foydalanadi. Amidalani zaharli qirg’iylardan qutqarishdan bir necha daqiqa oldin, Enakin quyidagi gaplari bilan o’zining ishqibozligini yanada namoyon etadi: «Menimcha, [Palpatin] yaxshi odam».

*- Siyosatchilar jamoat manfaatlariga xizmat qiladi.
- Lekin ular shaxsiy manfaatini ham ko’zlaydi, to’g’rimi?
- ...
- Ular shaxsiy manfaatini ham ko’zlaydi, to’g’rimi?

Bunday rag’batlar Obi-Van nuqtai nazaridan va jamiyat tanlovi mantig'idan tashqarida. Odamlarga, hatto Galaktik Senatdagi senatorlar va kanslerlarga ham rag'batlar ta’sir etadi. Ehtimol, Enakin quloq solganda edi, u Palpatinning noz-karashmasini rad etib, uning shubhali tomoni borligini anglab yetgan bo’lardi.

Barcha galaktikalar uchun jamiyat tanlovi

Jamiyat tanlovi[8] mantig’i real dunyo uchun, hatto bizning dolzarb siyosiy munozaralarimiz uchun ham muhim o’rin tutadi.

Siyosatchilar nima qilishidan qat’i nazar – bular soliqdan tushgan tanqis pullarni infrastrukturaga[9] yoki Ukraina mojarosiga [10] sarflash, valyuta kurslarini oshirish, Covid-19 testi va chaqaloq sutiga tariflar yoki qoidalar o’rnatish[11], yoki maktab yopilishini[12] uzaytirish kabilar bo’lmasin – ular duch keladigan rag’batlarga ko’ra harakat qilishadi. Bunday xatti-harakatlar siyosiy qarashni aks etishi shart emas - real dunyo oq va qoradan iborat emas - yoki ular muayyan mansabdor odamlarga tegishli emas. Aslida, bu xatti-harakatlar odamlarning rag’batlarga javoban ovozlarni jalb qilish, kampaniyani moliyalashtirish, obro’-e’tibor, kattaroq ishxona kabilarni tanlov qilishini aks etadi.

Ehtimol, biz Obi-Vanga, uning jamiyat tanlovi mantig’iga va «Yulduzli urushlar» franshizasida mohirona tasvirlangan muhim siyosiy iqtisod masalalariga ko’proq e’tibor qaratishimiz lozim. Shunda barchamizda siyosatchilar, kanslerlar va biz saylagan «vijdonli» erkak va ayollarga nisbatan so’g’lom ishonchsizlik paydo bo’lishi mumkin va biz siyosatchilarning qonunbuzarliklarni cheklash uchun o’rnatilgan qoidalarga yoki qoidalarning mavjud emasligiga ko’proq e’tibor qaratishimiz mumkin.

Ushbu maqola Bayron B. Karson, III va Amerika iqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan taqdim etilgan bo'lib, undan Creative Commons Attribution 4.0 xalqaro litsenziyasiga muvofiq foydalanilgan.Asl nusxasini bu yerda topish mumkin mumkin.

[1] https://www.econlib.org/library/Enc/PublicChoice.html
[2] https://disneyplusoriginals.disney.com/show/obi-wan-kenobi
[3] https://starwars.fandom.com/f/p/3343172654596358748
[4] https://www.bloomberg.com/opinion/articles/2022-05-16/u-s-baby-formula-shortage-worsened-by-tariffs-red-tape
[5] https://dalspace.library.dal.ca/handle/10222/63479
[6] https://www.amazon.com/World-According-Star-Wars/dp/0062484222/ref=tmm%5Fhrd%5Fswatch%5F0?%5Fencoding=UTF8&qid=&sr=
[7] https://www.starwars.com/databank
[8] https://www.amazon.com/Public-Choice-Introduction-Political-Economy/dp/1559340223
[9] https://www.cbo.gov/topics/infrastructure-and-transportation
[10] https://www.washingtonpost.com/world/interactive/2022/biden-ukraine-military-aid-us/
[11] https://www.bloomberg.com/opinion/articles/2022-05-16/u-s-baby-formula-shortage-worsened-by-tariffs-red-tape
[12] https://www.nytimes.com/2022/01/08/us/teachers-unions-covid-schools.html