Matnga o'tish
Bosh sahifa
Bosh sahifaEFI to'g'risidaLoyihalarKitobni o'qingKutubxonaHamkorlar

IPhone yoki o'q o'tkazmaydigan kamzulmi? Qaror qabul qilish uchun muqobil xarajatlarni hisobga olish zarur

Nataliya Melnik, Bendukidze erkin bozor ilmiy markazi
01/01/70

Hamma narsaning qiymati bor. Qiymat har doim nisbiydir. Urush va tinchlik sharoitida uni nima uchun va qanday qilib to'g'ri ta'riflanishni tushuntirib beraylik.

Cheklangan resurslar va cheksiz insoniy istaklar biz har doim muqobil variantlardan birini tanlashga majbur ekanligimizni anglatadi. O'z tanlovimizni amalga oshirib, biz tanlanmagan imkoniyatni qurbon qilamiz. Shuning uchun ham iqtisodchilar barcha xarajatlarni muqobil deb hisoblaydilar.

Muqobil xarajat qilingan tanlov natijasida boy berilgan eng yaxshi imkoniyatning qiymatidir.

Muayyan xarid uchun sarflagan pulingizni boshqa narsaga sarflay olmaysiz. iPhone sotib olish uchun pul yig'ib, o'rniga ukrainalik askar uchun o'q o'tkazmaydigan kamzul sotib olishga pulini sarflagan Kropivnitskiy shahridagi yetti yoshli maktab o'quvchisini misol qilaylik. O'q o'tkazmaydigan kamzulning muqobil qiymati iPhone hisoblanadi.

Sotib olinadigan narsalar haqida gap ketganda, ularning bahosi aniq ko'rinadi. Biroq, siz to'g'ridan-to'g'ri pul sarflashingiz shart bo'lmagan biror-bir faoliyatning xarajati yo’q degani emas. Misol uchun, biz 24 fevraldan beri yangiliklarni varaqlash uchun sarflayotgan vaqtimiz boshqa narsalar uchun sarflanishi mumkin edi. E'tiborni boshqa narsaga qaratish qanchalik qiyin bo'lmasin.

Bu tamoyil hayotdagi barcha qarorlarga nisbatan qo'llanilishi mumkin. Misol uchun, bir kitob o'rniga boshqasini o'qish qaroringiz. Yoki yig’ib qo’ygan pulingizni tinchlik payti uchun asrab qo’ymasdan "Tirik qayt" jamg'armasiga o'tkazish qaroringiz. Dasturiy ta'minot muhandisi emas, balki interyer dizayneri bo'lish qaroringiz. Ishga qaytish o'rniga volontyor bo'lishingiz. Lekin bu joyda juda oshirib yubormaslik muhim. Hamma ham birdaniga armiyaga qo‘shila olmaydi, urushga bo‘lmaganlarning hammasi ham volontyor bo‘la olmaydi. Axir, agar hech kim ishlamasa va pul topmasa, sarflaydiga pulning o’zi bo’lmaydi. Do‘konlar, dorixonalar, shifoxonalar, maktablar, kafe va restoranlar faoliyati to’xtaydi. Pul ishlab topish orqali siz mahalliy biznes bilan iqtisodiyotni qo'llab-quvvatlashingiz va armiyaga muntazam ravishda pul jo'natib turishingiz mumkin bo’ladi.

Hech narsa tekin emas

Biz ko'pincha tekin ta'lim, tibbiy yordam yoki uy-joy deganlarni eshitamiz. Bu ta’rif noto'g'ri, chunki ular tekin emas. Ularning har biri cheklangan resurslarni talab qiladi. Bundan tashqari, ushbu resurslardan foydalanishning muqobil joylari mavjud. Davlat xarajatlarni faqatgina qayta taqsimlashi mumkin, lekin ularni bartaraf etishga qodir emas. Shuning uchun armiyani moliyalashtirishni ko'paytirsak, boshqa ehtiyojlarga kamroq sarflashga to’g’ri keladi.

Mavjud resurslardan eng ma’qul foydalanish

Frantsiyalik 16 yoshli Jak chekish yoki chekmaslikni o’ylaydi. Bir tomondan, chekish unga chekuvchi do'stlari orasida o'zini erkin his qilish imkonini beradi. Boshqa tomondan, chekish nafaqat uning sog'lig'iga, balki cho’ntagiga ham zarar keltiradi. Aytaylik, Jak tengdoshlarining bosimiga berilib, chekishni tanlaydi. Bir quti sigaretaning narxi 8 yevro deb olaylik. Kuniga bir qutidan chekadigan Jak yiliga 2920 yevro sarflaydi. Ammo, o’rnida, Jak bu pulni yiliga 7 foiz to’laydigan daromad solig'idan himoyalangan pensiya jamg'armasiga investitsiya qilishi mumkin edi. Agar u 10 yil davomida pulini shu tarzda investitsiya qilib borsa, 26 yoshida u atigi 29 200 evro pul qo’yib, jami 40 344 evro jamg’argan bo'lardi. 10 yildan so'ng u jamg’armaga 58 400 evro pul qo’yib, 119 707 evroga ega bo'lardi va 46 yoshga kelib uning jami 87 600 evro kiritgan puli 275 825 evroga teng bo'lardi.

Jak tanlovining "qiymati" nima? Bu qiymat nafaqat zararli odat uchun to'g'ridan-to'g'ri sarflangan 87 600 evroni, balki ko’zga ko’rinmaydigan umr davomiyligining qisqarishi, qimmat tibbiy sug'urta va shu kabi yashirin ta'sirlarni ham ichiga oladi. Shuningdek, resurslaridan foydalanishning eng ma’quli bo’lmish 275 825 evroni tejash imkoniyatining yo'qolganidir.

Yuqoridagidan saboq nima? Qaror qabul qilayotganda doim muqobil qiymatni e'tiborga oling. U oqilona tanlovning ajoyib ittifoqchisidir!

EFI hamkori Bendukidze erkin bozor ilmiy markazidan Nataliya Melnikning ushbu maqolasi birinchi marta «Rubryka» da chop etilgan