Matnga o'tish
Bosh sahifa
Bosh sahifaEFI to'g'risidaLoyihalarKitobni o'qingKutubxonaHamkorlar

Gruziya: EFI Muallim Metodik Qo’llanmasi 10-sinf o'quvchilariga ilk bora tanishtirildi

Eleanor Hemmond
01/01/70

Gruziyaning yetakchi davlat o'rta maktablarining birida 10-sinf o'quvchilari o'zlarining o'quv dasturlariga yangi fan - iqtisodiyotga kirish (iqtisodiyot asoslari) qo’shilganidan xabar topishdi. Komarovi mamlakatda birinchi bo’lib iqtisodiyotni umumta’lim fanlar qatoriga qo’shgan maktabdir. Maktabda 250 nafar talaba “Mantiqiy iqtisodiyot” bilan birgalikda bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillarini o'rganishyapti. Darslar EFI hamkor mamlakatlaridan biri, Gruziya iqtisodiy savodxonlik tashabbusi (Gel-i) o'qituvchilari tomonidan o'qitiladi. Ustozlar EFI ning mintaqa bo'ylab bir guruh o'qituvchilari tomonidan ishlab chiqilayotgan Mua’llim Metodik Qo’llanmasidan sinov tariqasida foydalanishmoqda. Metodika to'plami ustozlarni iqtisodni qiziqarli o’rganish uchun zarur bo’lgan - slayd boshqaruvi, asosiy yo’llanmalar va amaliy mashg’ulotlar bilan ta'minlaydi! Komarovi loyihasi - iqtisodiyotni umummilliy o'quv dasturiga joriy etish bo'yicha kelajakdagi rejalar uchun ilk qadam. EFI ko'magi bilan birgalikda Gel-I 11-12 -sinflar uchun o'quv dasturlarini ishlab chiqadi. Komarovi talabalari bilan ishlash bilan bir qatorda, Gel-i ikkita yetakchi xususiy o'rta maktabda “Mantiqiy Iqtisodiyot” kitobini darslik sifatida joriy etmoqda. Ushbu qiziqarli loyihani kuzatib borish uchun bizning axborot byulleteniga yoziling!