Matnga o'tish
Bosh sahifa
Bosh sahifaEFI to'g'risidaLoyihalarKitobni o'qingKutubxonaHamkorlar

Armanistonning sog‘lom fikrlovchi iqtisodchilarining keyingi avlodi bilan tanishing!

Eleanor Hemmond
01/01/70

«Mahallamdagi ko‘rinmas qo‘l», «Mintaqam va mamlakatimdagi noo’rin subsidiyalar», «Moliyaviy vaziyatimni boshqarish», «Men uchun kerakl sug‘urta» – bularning barchasi EFI 2022-yil insholar tanlovida Armanistonning turli burchaklaridan kelgan talabalar tomonidan muhokama qilingan mavzularning bir qismidir.

Xulq-atvor qarorlari bo’yicha markazi ikki yildan beri bakalavrlar va o‘rta maktab o‘quvchilari o‘rtasida musobaqa o‘tkazib kelib, ularni iqtisod haqida kengroq fikr yuritishga va «Mantiqiy Iqtisodiyot: Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari» kitobi bo’yicha eng yaxshi insho tanlovida qatnashishga ilhomlantirmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab 30 dan ko’p maktab va universitetlardan 100 dan ortiq talabalar ushbu tanlovda qantashdi. Hakamlar eng yaxshi 10 ta inshoni tanlab oldilar: bularning 3 tasi universitet va 7 tasi litsey talabalari ishi edi. 25-iyul kuni Yerevanda sovrinlarni topshirish marosimi bo’lib o’tdi, unda Yerevan, Ararat, Armavir, Tavush, Lori va Syunikdan kelgan barcha g’oliblar va ularning o’qituvchilari hamda maxsus mehmonlar, ya’ni hammuallif professor Rendall K. Filer va EFI boshqaruv kengashi a'zosi Renita Esayyan ishtirok etishdi.

Barcha g'oliblar musobaqada qatnashish imkoniyatidan, ayniqsa iqtisod bo'yicha bilimlarini tekshirish imkoniyatidan mamnun edilar. O‘tgan yili o‘quvchilari g‘olib chiqqan Yerevandagi Ananiya Shirakatsi litseyi va Ararat viloyati Vanashen shahrining Vanashen o‘rta maktablari talabalari bu yilgi tanlovda g‘olib bo‘lganligi ajablanarli emas.

O'quvchilari ketma-ket ikki yildan beri g'alaba qozonib kelayotgan Vanashenlik o'qituvchi Syuzanna Manukyan darsida kitobdan juda ko'p foydalanishini aytib, chuqur minnatdorchilik bildirdi - uning o'quvchilari kitobdan juda mamnun! U, shuningdek, talabalarining barchasi tanlovda yana ishtirok etishni intiqlik bilan kutayotganliklarini aytdi.

G‘olib bo‘lgan maqola tez orada econfun.org saytida arman va ingliz tillarida chop etiladi.