Skip to content
Home
Home
Who we are
What we do
Get the book

Armaniston: Insho tanlovi o'rta maktab o'quvchilarini umumiy iqtisodiy muammolarni hal qilishga undaydi

Eleanor Hemmond

Xulq-atvor qarorlari markazi 10-12 sinf o’quvchilari uchun ilk bora umummilliy insho tanlovini o’tkazdi. Tanlov qatnashchilari “Hayotimdagi Iqtisodiyot”; “Mintaqamdagi Rivojlanish Manbalari”; “Mintaqamdagi Noo’rin Subsidiyalar” va shu kabi mavzulardan birini tanladilar. Armaniston Amerika Universiteti o'qituvchilari va Armaniston Iqtisodiy Uyushmasining yetakchi mutahassislaridan tashkil topgan qo'mita 100 dan ortiq insholarni qabul qilib oldi va baholadi. Finalga chiqqan yeti nafar ishtirokchi o’qituvchilari hamrohligida Yerevanda bo’lib o’tgan taqdirlash marosimiga taklif qilindi , ustozlardan bir nechtasi kitobdan o'z darslarida foydalanayotganliklarini va kitobni milliy o'quv dasturiga kiritilishini istayotganliklarini bildirishdi. Tanlovning ustoz va o’quvchilarga ijobiy ta’sirini ko’rib CBD ushbu tadbirni har yili o’tkazishni rejalashtirdi. G’oliblarni tabriklar ekanEvro-Osiyo Fond Birjalari Federatsiyasi Bosh Kotibining O'rinbosari Armenuhiy Hovakimyan “ Yorqin kelajak -moliyaviy bilimga ega jamiyat”, deya o’tkazilgan tadbir ahamiyatiga izoh berdi.

Maqola bilan bo'lishing