Matnga o'tish
Bosh sahifa
Bosh sahifaEFI to'g'risidaLoyihalarKitobni o'qingKutubxonaHamkorlar

Gruziyadan tahlil: Ukrainadagi urushning Gruziya iqtisodiyotiga ta'siri?

Gruziya iqtisodiy savodxonlik tashabbusi
01/01/70

Iqtisodiy prognozlar turli matematik va statistik modellarni qo'llash orqali amalga oshiriladi. Ammo Ukrainada bo’layotgan urush kabi vaziyat uchun iqtisodiy model yo'q, chunki bu kabi vaziyat oldin sodir bo’lmagan. Modellar real hayotni tasvirlashi uchun iqtisodchilarga o'tmish tajribasi kerak. Shu sababli sodir bo’layotgan ushbu inqiroz sharoitida iqtisodchilar oddiy iqtisodiy mantiqqa tayanib hamda mavjud tendentsiyalarni ko'rib chiqgan holda xulosalar chiqaradilar. Siz ham ommaviy ma'lumotlar va iqtisodiy mantiqdan foydalanib, shunga o'xshash xulosalar chiqarishingiz mumkin.

Keling, Rossiyaning Ukrainadagi urushining Gruziya kelajagiga ta’sirini tahlil qilaylik. Buning uchun tashqi iqtisodiy aloqalarimizga bo’lishi mumkin bo’lgan ta’sirini tushunishimiz lozim.

Tashqi savdoga ta’sir

Ukraina va Rossiya bilan bir qatorda Yevropa Ittifoqi hamda Turkiya Gruziyaning asosiy savdo hamkolari hisoblanadi. Bularning barchasiga urushning ta’sir qilishi aniq. Keling, birinchi navbatda Gruziya import qiladigan mamlakatlarni ko'rib chiqaylik. 2021-yilda Gruziyaning jami importi 10 milliard AQSH dollarini tashkil etgan. Uning asosiy import hamkorlari Yevropa Ittifoqi va Turkiya boʻlib, ulardan keladigan import mahsulotlari 2021-yilda Gruziya importining 42 foizini tashkil etgan. Rossiyadan keladigan import mahsulotlari nisbatan kichikroq 10 foiz ulushni tashkil etib, so'nggi 9 yil ichida deyarli o'zgarmagan. Ukrainadan keladigan import mahsulotlari jami importning 4,7 foizni tashkil qiladi. Yuqoridan kelib chiqqan holda aytishimiz mumkinki, Gruziya jami importining taxminan 14-17 foizini qisman qoplashi kerak bo’ladi. G'arb mamlakatlarining sanksiyalari va mamlakatda allaqachon boshlangan iqtisodiy inqiroz natijasida Rossiyadan import qilish murakkablashadi. Xususan, Rossiya banklariga qo’yilgan SWIFT tizimiga cheklov Rossiya bilan tijorat munosabatlarini juda qiyinlashtiradi. Shu bilan bir qatorda, Ukrainaga qilingan bosqin esa Ukraina mahsulotlari eksportiga ta'sir qiladi va mavjud ta'minot zanjirlarini murakkablashtiradi.

1-chizma: Gruziyaning turli mamlakatlardan keladigan import mahsulotlari ulushi (2013-2021-yillar)

Eksport sohasi Gruziyaning ishlab chiqarish sektori va umumiy bandlik uchun juda muhimdir. 2021-yilda eksport hajmi taxminan 4,2 milliard AQSH dollarini tashkil etib, uning 7 foizi Ukraina va 14 foizi Rossiyadan kelgan. Gruziyaning Evropa Ittifoqi davlatlariga eksporti so'nggi yillarda umumiy eksport hajmining taxminan beshdan bir qismini tashkil etgan. Urushning ta'minot zanjiri logistikasiga ta'sirini hisobga olsak, Gruziyadan Ukrainaga eksport qilish import kabi yanada murakkablashadi. Rossiyaning SWIFT tizimidan cheklanishi tufayli bank operatsiyalarini sezilarli darajada murakkablashganligi Rossiyaga ham eksport qilishni ancha qiyinlashtiradi.

2-chizma: Gruziyaning turli mamlakatlarga qiladigan eksport mahsulotlari ulushi (2013-2021-yillar)

Shubhasiz, Gruziyada importning ham, eksportning ham hajmi qisqaradi. Gruziya tadbirkorlari import qilinadigan mahsulotlarni sotib olish uchun ham, eksport qilinadigan mahsulotlarni sotish uchun ham o'zlarining boshqa savdo hamkorlarni topish yo'llarini ko'rib chiqishlari kerak. E'tibor bering, Gruziya importi uning eksport hajmidan sezilarli darajada katta, ya'ni Gruziya xorijiy mamlakatlardan ularga sotganidan ko'ra ko'proq sotib oladi.

Agar biz sotganimizdan ko'proq sotib olsak, import xarajatlari qanday qoplanadi?

Gruziya salbiy savdo balansini qoplash uchun bir nechta manbalarga ega. Bunga yiliga taxminan 1,5 milliard AQSH dollarini tashkil etadigan xususiy xorijiy investitsiyalar kiradi; ammo 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi tufayli ular atigi 0,5 milliard AQSH dollarini tashkil etgan (manba: Gruziya Milliy statistika boshqarmasi). Gruziya xususiy xorijiy investitsiyalarning asosiy manbai Yevropa Ittifoqi davlatlari bo'lib, ular xorijiy investitsiyalarning 60 foizini, Ukraina va Rossiyaning ulushi esa atigi 10 foizini tashkil qiladi.

Importni moliyalashtirishning muhimroq manbai chet elda ishlayotgan Gruziya fuqarolarining Gruziyadagi oilalariga yuborgan pul o'tkazmalari hisoblanadi. 2021-yilda pul o'tkazmalari 2,3 milliard AQSH dollarini tashkil etdi (manba: Gruziya Milliy banki). Rossiya Gruziya pul o'tkazmalarining asosiy manbai bo'lib kelgan, ammo so'nggi ikki yil ichida bu tendentsiya sezilarli darajada o'zgardi. Rossiya Federatsiyasidan pul o'tkazmalarining ulushi 18 foizga kamaydi, Evropa Ittifoqining ulushi esa sezilarli darajada o'sdi (keyingi chizmada tasvirlangan). Qo’yilgan sanktsiyalar, xususan, Rossiyaning SWIFT tizimidan cheklantirilishi Rossiyadan pul o'tkazishni qiyinlashtiradi, shu sababli u yerdan keladigan pul o'tkazmalari hajmining pasayishi kutilmoqda.

3-chizma: Grusiyaga mamlakatlar bo’yicha pul o’tkazmalari

Demak, quyidagilarni bemalol taxmin qilishimiz mumkin: bu urush muhim iqtisodiy sheriklar o'rtasida olib borilmoqda va u Gruziya iqtisodiyotida sezilarli ta’sir etadi. Biroq, jami ta'sirni aytish qiyin. Sezilarli ta’sir Gruziyaning Rossiya bilan bo'lgan iqtisodiy munosabatlarida namoyon bo’ladi. Gruziya tadbirkorlari alternativ savdo munosabatlarini izlashlari kerak, davlatning o’zi esa Yevropa hamkorlardan moliyaviy iqtisodiy yordam so’rashiga to’g’ri keladi.