Matnga o'tish
Bosh sahifa
Bosh sahifaEFI to'g'risidaLoyihalarKitobni o'qingKutubxonaHamkorlar

Elemental iqtisodiyotdan dars: Tomning Garridan mashina sotib olishi

T. Norman Van Cott
01/01/70

Ishlatilgan avtomobil savdosi sub'ektiv qiymat haqida nimani o'rgatishi mumkin.

Tom ishlatilgan mashina sotib olmoqchi. Garri esa mashinasini sotish niyatida. Tom va Garri uchrashib, mashina uchun 7500 dollar narxni kelishib olishadi. Tom Garrining mashinasini oladi, Garri esa Tomdan 7500 dollar oladi. Tom 7500 dollari bilan sotib olishi mumkin bo’lgan har qanday narsadan ko'ra mashinani ko’proq qadrlaydi. Xuddi shu kabi, Garri 7500 dollardan keladigan imkoniyatlarni mashinasidan ko'proq qadrlaydi. Tomning ahvoli yaxshilanadi. Shu jumladan, Garriniki ham.

Ularning ahvoli qanchalik darajada yaxshilanadi? Tom uchun bu Tomning mashinaga qo'ygan qiymati bilan 7500 dollar o'rtasidagi farqqa teng. Garri uchun bu avtomobilga nisbatan Garrining 7500 dollarga qo'ygan qiymati o'rtasidagi farq. Tom va Garrining savdodan olgan manfaatlari teng bo'lishi shart emas.

«E'tibor bering, Tom va Garrining maqsadi import qilish uchun ishlatilgan eksport emas, balki ular oladigan imporning o’zidir»

Tom 7500 dollarni «eksport qilmoqda» va mashinani «import qilmoqda», Garri esa mashinani «eksport qilmoqda» va 7500 dollarni «import qilmoqda». Biroq, Tomning avtomobildan foydalanish qiymati 7500 dollardan oshganligi sababli, uning haqiqiy importi 7500 dollardan oshadi. Xuddi shu kabi, Garri uchun uning naqd pul importiga qo’ygan qiymati 7500 dollardan oshadi, demak u aslida 7500 dollardan ko'proq qiymatni import qiladi.

Aslida, Tom va Garrining ikkalasi ham savdo balansi kamomadiga ega - buxgalteriya ma'nosida emas, balki iqtisodiy ma'noda. Agar kamomad bo'lmaganda edi, savdo sodir bo'lmasdi! Tomning «kamomadi» u import qiladigan avtomobilning foydalanish qiymati va uni to'lash uchun eksport qiladigan 7500 dollar o'rtasidagi farqdir. Garrining «kamomadi» u import qilgan 7500 dollar va u 7500 dollarga sotayotgan avtomobilning foydalanish qiymatlari o'rtasidagi farqdir.

"...biznesimiz va iqtisodiy madaniyatimizning mantrasi eksportga tabiiy ravishda manfaatli deb qaraydi ..."

E'tibor bering, Tom va Garrining maqsadi import qilish uchun ishlatilgan eksport emas, balki ular oladigan importning o’zidir. Import bo'lmaganda edi, ularning eksportidan hech qanday manfaat yo'q. Haqiqatan ham, agar Tom mashinani olmasdan faqatgina 7500 dollarni eksport qilganda edi, uning ahvoli yomonroq bo'lar edi. Xuddi shunday, agar Garri 7500 dollarni import qilmasdan faqat mashinani eksport qilganda edi, uning ahvoli yomonroq bo'lardi.

Yuqorida ta’kidlangan fikr juda muhim, chunki bizning biznesimiz va iqtisodiy madaniyatimizning mantrasi eksporrga tabiiy ravishda manfaatli deb qaraydi, import esa arang qabul qilinadi. Ushbu madaniyatning xalqaro savdoni oshirishga ko’zlangan xalqaro muzokaralarga qilgan tasviri bunga ajoyib misol bo’la oladi. Importni kengaytiradigan choralar «imtiyozlarni» muzokara qilish deb nomlanadi. Boshqacha qilib aytganda, odamlarga ko'proq import qilishga ruxsat berish AQSh eksporti uchun xorijiy «imtiyozlarni» ta'minlash uchun vosita hisoblanadi.

Buni Tomning Garrining mashinasini ko'proq eksport qilishi uchun ular kelishib olgan 7500 dollardan yuqori narxni istar-istamay taklif qilganiga o'xshatsa bo’ladi. Garri uchun ham shunday. U kamroq import qilish uchun arzonroq narxga rozi bo’ladi. Bunda biror ma'no bormi? Yo'q. Darhaqiqat, bunday xatti-harakatlar moliyaviy halokatga olib keladi. Ikkalasi ham shaxsiy ishlarini bu biznes va iqtisodiy madaniyatga mos ravishda tashkil qilishsa, agar nobud bo’lishmasa, har qalay boshpanasiz, kiyimsiz va och qolishadi.

Tom va Garri singari, ushbu biznes va iqtisodiy madaniyatning yetakchilari o'zlarining shaxsiy ishlarini mamlakat uchun bergan maslahatlariga ko’ra tashkil qilmaydilar. Ularning xatti-harakatlari shu qadar namoyonki, biz ularning soxta tahlillarini yaqqol ko’rishimiz mumkin.

Ushbu maqola T. Norman Van Cott and The Foundation for Economic Education tomonidan taqdim etilgan bo’lib, undan Creative Commons Attribution 4.0 xalqaro litsenziyasiga muvofiq foydalanilgan. Original versiyasini ushbu linkda o’qishingiz mumkin.