Bosh sahifa
Bosh sahifaBosh sahifaHaqidayangiliklarKITOBNI O'QING

EFI O`zbekiston jamoasi TXVU kutubhonasi hamkasabalari bilan birgalikda “Qanday qilib iqtisodni oson va samarali tarzda o‘rgatish kerak? deb nomlangan Mantiqiy Iqtisodiyot kitobining "O`qituvchilar to`plami" ga asoslangan seminari bo`lib o`tdi.

Abdurasul Absalomov
22/10/22

2022-yil 29-sentabr kuni EFI O`zbekiston jamoasi TXVU kutubhonasi hamkasabalari bilan birgalikda “Qanday qilib iqtisodni oson va samarali tarzda o‘rgatish kerak? deb nomlangan Mantiqiy Iqtisodiyot kitobining "O`qituvchilar to`plami" ga asoslangan seminari bo`lib o`tdi.

Seminarda 20-ga yaqin ishtirokchilar, jumladan o‘qituvchilar, talabalar, ilmiy va o‘qituvchi yordamchilari qatnashdilar. Ishtirokchilar dastlab kitobning iqtisodiyot tamoyillarini o‘qib chiqdilar, guruhlarda muhokama qildilar. Shundan so‘ng ular “O‘qituvchi to‘plami” materiallaridan foydalangan holda “demo”-sinf tayyorladilar. Xulosa qilib, TXVU kutubhonasi hamkasbi Malika Shavkieva xonim darsda va dars jarayonida foydalanish mumkin bo'lgan samarali raqamli vositalarni taqdim etdilar.

Barcha ishtirokchilar real hayotdagi amaliyot bilan bog'liq iqtisodiy tamoyillarni yorqin muhokama qilish va aks ettirishdan bahramand bo'lishdilar. EFI O`zbekiston yana shunday seminarni O‘zbekistonning boshqa OTM va mintaqalarida ham o‘tkazishni rejalashtirishmoqda. Bunday tadbirlar haqida e'lonlar EFI Uzbekistan SMM kanallarida taqdim etiladi.