Matnga o'tish
Bosh sahifa
Bosh sahifaBlogHamkorlarTo'g'risida
O'qishni boshlash
yoki bepul yuklab olish

Hamkorlarimiz

Mahalliy hamkorlarimiz kitobxonlarni kitobimizni o‘qishga undash va ularni iqtisodchilardek mantiqiy fikrlashga o‘rgatish maqsadida tadbirlar o‘tkazmoqdalar.

Albaniya tadbirkorlik instituti

Albaniya
Albaniya tadbirkorlik institutining vazifasi dalillarga asoslangan tadqiqotlar orqali davlat siyosati muhokamalariga ta'sir o'tkazish hamda adolatli, raqobatbardosh va rivojlangan iqtisodiyotni qo’llab-quvvatlaydigan islohotlar bo'yicha kelishuvga erishishdan iborat.
Aloqa uchun murojaat: Besard Kadi

Xulq-atvor qarorlari markazi

Armaniston
Xulq-atvor qarorlari markazi xulq-atvor iqtisodiyoti uslublari yordamida mijozlarga eng murakkab g'oyalarni amalga oshirishga ko’maklashadigan ilmiy maslahat markazidir.
Aloqa uchun murojaat: Aram Gazaryan

Mizes ilmiy tadqiqot markazi

Belarus
Mizes ilmiy tadqiqot markazining vazifasi shaxsiy tanlov va individual javobgarlikka asoslangan demokratik jamiyatning erkin bozor g’oyalari va oliy maqsadlarini targ'ib qilish; ushbu g'oyalarga sherik odamlarning ochiq jamiyatini yaratish; cheklangan hokimiyat, shaxsiy erkinlik va xususiy mulk g'oyalarini ilgari surish maqsadida davlat siyosati muhokamasini kengaytirish; hamfikr mamlakatlar bilan bir qatorda Belarus jamiyatining erkinlik va demokratiya yo'lida rivojlanishini ta'minlashga qodir milliy elitani shakllantirishda yordam berishdan iborat.
Aloqa uchun murojaat: Yaroslav Romanchuk

Gruziya iqtisodiy savodxonlik tashabbusi

Gruziya
Gruziya iqtisodiy savodxonlik tashabbusi (GEL-i) Gruziya aholisining barcha qatlamlari o'rtasida iqtisodiy savodxonlikni oshirish maqsadida tashkil etilgan notijorat tashkilotdir. GEL-i kasb-hunar ta’limi talabalari, shuningdek, huquqshunoslik, siyosatshunoslik va jurnalistika talabalariga iqtisodiy ta’limni takomillashtirish va iqtisodiy bilimlarni oshirishga qaratilgan.
Aloqa uchun murojaat: Levan Pavlenishvili

Riinvest kolleji

Kosovo
Riinvest institutining vazifasi tadbirkorlik g’oyasi asosida Kosovoning zamonaviy iqtisodiy rivojlanishiga ko'maklashishdan iborat.
Aloqa uchun murojaat: Alban Zogay

Bendukidze erkin bozor ilmiy markazi

Ukraina
Bendukidze erkin bozor ilmiy markazi Ukrainada erkin bozor g’oyalarini ommalashtirish maqsadida 2015 yilda Kaxa Bendukidzening do'stlari va tarafdorlari tomonidan tashkil etilgan mustaqil ukrain ilmiy markazidir. Ilmiy markazning vazifasi xususiy tashabbusni, javobgarlikni, teng huquqni targ'ib qiluvchi siyosiy takliflar, tadqiqotlar va ta'lim dasturlari orqali Ukrainaning iqtisodiy salohiyatini kengaytirishdan iborat.
Aloqa uchun murojaat: Nataliya Melnik

Buyuk Britaniyadagi Qozog'iston fan doktorlari uyushmasi

Qozog'iston
Buyuk Britaniyadagi Qozog'iston fan doktorlari uyushmasi (KPAUK) Buyuk Britaniyada doktorlik darajasini (PhD) olish uchun tahsil olayotgan yoki olib bo'lgan qozog'istonlik fan doktorlarining (PhD) notijorat, fanlararo tashkilotidir. KPAUK Buyuk Britaniya va Qozog‘iston olimlarining o‘zaro hamkorligini osonlashtirish va Qozog‘iston ehtiyojlariga mos innovatsiyalarni, ilm-fan va taraqqiyot bo‘yicha ilg‘or tajribalarni joriy etishni ko'maklashishga qaratilgan. Aloqa uchun murojaat: Serik Shakarim

Davlat siyosati va boshqaruvi instituti

Qirg'iziston
Davlat siyosati va boshqaruvi instituti (DSBI) Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy va ijtimoiy siyosatiga qaratilgan mintaqaviy tahliliy markazdir. Mazkur markazning kasbiy ta’lim dasturlari amaliy tadqiqotlardan foydalangan holda davlat organlari va fuqarolarning tahliliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan. DSBI olis qishloq hududlarini jahon hamjamiyatiga bog'lab, zamonaviy iqtisodiyot hamda barqaror davlat uchun zarur bo‘lgan inson kapitalini yetishtiruvchi jahon miqyosidagi ta'lim muassasi Markaziy Osiyo universiteti tarkibiga kiradi.
Aloqa uchun murojaat: Kemel Toktomushev

Toshkent shahridagi Vestminster Xalqaro Universiteti

O'zbekiston
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) - G'arb ta'limini Buyuk Britaniya diplomi orqali taklif qiladigan O'zbekiston va Markaziy Osiyodagi birinchi xalqaro universitet. TXVUning maqsadi - Markaziy Osiyo hamda dunyo aholisining intellektual, ijtimoiy va kasbiy rivojlanishiga hissa qo'shish uchun ta'limning xalqaro standartlarini va tadqiqot imkoniyatlarini taqdim etish.
Aloqa uchun murojaat: Nargiza Alimuhamedova