Matnga o'tish
Bosh sahifa
Bosh sahifaTo'g'risidaYangiliklarKitobni o'qingKutubxonaHamkorlar

EFI to'g'risida

Bu – iqtisodiyotga qiziqishni uyg'otish va ilhomlantirish maqsadida turli mamlakatlardagi ko'plab odamlarning mahorati, iste'dodi va ijodini birlashtirgan noyob bir loyihadir.

Economic Fundamentals Initiative (EFI) fondining barcha ishtirokchilari o'z faoliyatlarining katta qismi davomida mintaqada yashagan va ishlagan. Biz –iqtisodchilarmiz. Biz – o'qituvchilarmiz. Biz – ta'lim dasturlari rahbarlari, marketing mutaxassislari, muharrirlar va tarjimonlarmiz. Ushbu mintaqa mamlakatlari oldida turgan dolzarb muammolarni yaxshi tushunamiz. Ishonchimiz komilki, odamlarda iqtisodiyot tushunchasini rivojlantirish ularning o'zlariga va jamiyatga manfaat keltiradi hamda milliy va mintaqaviy barqarorlikni oshiradi.

EFI va uning hamkorlarining maqsadi iqtisodiy savodxonlikni barcha uchun ochiq qilishdan iborat. Shu bois universitet va maktab o‘qituvchilari, talabalar va ta’lim muassasalari vakillari bilan faol hamkorlik qilyapmiz. Allaqachon 10 tildagi nashrlari mavjud bo'lib, portfoliomizda yanada ko'proq Sharqiy Yevropa and O'rta Osiyo tillarini qo'shishni rejalashtiryapmiz.

EFI to'liq xayriya mablag'lari hisobidan moliyalashtirilgan bo'lib, xayriya fondi iqtisodiy adabiyotni mintaqaga mufoviqlashtirish, tarjima qilish va tarqatish uchungina ishlatilgan. EFI AQSHning Nyu-Jersi shtatida ro'yxatdan o'tgan notijorat tashkilotdir (Ro'yxatdan o'tish kodi: 501(c)(3)).

1
tilga "Mantiqiy Iqtisodiyot" tarjima qilingan
100
marta tekin ko'chirilgan – va bu raqam oshib bormoqda!
1
mahalliy hamkorlar sizga iqtisodiyot sirlarini ochib beradi!

Kitob

Mantiqiy Iqtisodiyot

"Mantiqiy Iqtisodiyot: boylik va farovonlikning dolzarb masalalari" kitobi birinchi marta 2005-yilda nashr etilgan bo'lib, hozirda uning uchinchi nashri chop etilgan. Nazariyotchi-iqtisodchilar Jeyms D. Guortni, Richard L. Stroup, Duayt R. Li, Touni H. Ferrarini, Jozef P. Kalhunlar tomonidan yozilgan "Mantiqiy Iqtisodiyot" kitobi bugungi kunda bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillariga klassik kirishga aylangan. Uning maqsadi kitobxonlarni iqtisodiy principlarga asoslangan oqilona shaxsiy va siyosiy qarorlar qilishga yo'l boshlashdan iborat.

Kitob EFI ning Ilmiy maslahatchilar jamoasi ko'magi ostida mintaqa kitobxonlariga dolzarbligini ta'minlash uchun moslashtirilgan. «Mantiqiy Iqtisodiyot: Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzard masalalari» kitobining nashri alban, arman, gruzin, ingliz, ozarbayjon, qirg'iz, qozoq, rus, ukrain, o'zbek tillarida mavjud.

Kitob elektron nusxada bo'lib, u qo'shimcha o'qish materiallarni va iqtisodiyotning asosiy g'oyalari hayotiy misollar bilan tushuntirilgan jami 9 soatdan ortiq subtitrli videolavhalarni o'z ichiga oladi. Chop etilgan nusxalarini mahalliy hamkorlarimiz orqali olish mumkin.

Mantiqan fikrlovchi avlod

Kelajak avlod bugungi iqtisodiyotni o'rganmoqda.

Biz talabalar, o‘qituvchilar va keng ommaga kundalik hayotda qo‘llaniladigan asosiy iqtisodiy tamoyillarni o‘rganish uchun noyob imkoniyat yaratmoqchimiz. Iqtisodiyot tamoyillarini o'z tilingizda va bepul o'rganish imkoniyatini bermoqchimiz. Ko'pchilik iqtisodiyotdan cho'chiydi, ammo har bir faol fuqaro uning asoslarini tushunishi lozim. EFI ingliz tilida ommabop, ammo bugungi kungacha Sharqiy Evropa, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo tillarida deyarli mavjud bo'lmagan ma'lumotlar to'plamini taqdim etadi.

Mahalliy hamkorlarimiz talabalar, yosh mutaxassislar va hayotlarida iqtisodiyotning o'rnini o'rganishga qiziqqan har bir kishi uchun qiziqarli tadbirlar o‘tkazmoqdalar. Tadbirlar jumlasiga insho musobaqasi, video tanlovlar, uchrashuvlar va ma'ruzalar kiradi. Endi barcha onlayn va oflayn rejimda mantiqiy iqtisodiyot dunyosi bilan tanishish imkoniyatiga ega!

O'qituvchi Qo'llanmasi

Sinfxonaga mantiqiy intosodiyotni olib kirish uchun o'qituvchiga kerak bo'lgan qo'llanma!

O’qituvchi to’plami iqtisodchilarimiz jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, u o’qituvchilarga o’rta maktabning so’nggi yillarida va bakalavr darajasida boshlang’ich iqtisodiyotni o’qitish uchun zarur bo’lgan matearillarnini o’z ichiga oladi. «Mantiqiy iqtisodiyot» kibobining EFIning mintaqaviy nashriga asoslangan ushbu to’plam slaydlar, o’qituvchi qidi va amaliy topshiriqlardan iborat. To’plamning dastlabki nashri allaqachon Gruziyaning yetakchi davlat o’rta maktablaridan birida qo’llanilmoqda. Qo’llanma namunasi uchun (faqat ingliz tilida), uning tarjimasi va mamlakatingizda tarqatish rejalari to’g’risidagi ma’lumot uchun, iltimos, mamlakatdagi hamkoringiz bilan bog’laning.